«IFTE - 2025: UZBEKISTAN» pedagogik ta'lim bo'yicha xalqaro forum

XALQARO, MILLIY VA HUDUDIY O‘LCHAMLARDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TA’LIM

Iyun 03, 2025 - Iyun 05, 2025
Forum haqida

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat chet tillar instituti va Shahrisabz davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda Sizni 2025 yil 3-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan pedagogik ta’lim bo‘yicha «IFTE-2025:UZBEKISTAN» xalqaro forumiga taklif etadi.


Forumning asosiy konferensiyalari va ularning sho‘balari:
- Pedagog-talabalarni amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish: oliy oʻquv yurti va maktab hamkorligi modellari
- Koʻp madaniyatli dunyoda pedagogik taʼlim: tarix va hozirgi zamon
– Oʻqituvchi-tarbiyachi: vazifa va muammolar

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

2025-yil 3-iyun

Pedagog-talabalarni amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish: oliy oʻquv yurti va maktab hamkorligi modellari:
1 . Oliy o‘quv yurti - maktab hamkorlik modellarning zamonaviy shakllari
2. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limda raqamli texnologiyalar
3. Yosh pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash ustoz-shogird tizimi
4. Inklyuziv ta'lim va alohida ehtiyojga ega bolalar bilan ishlash

Samarqand davlat chet tillari instituti

2025-yil 4-iyun

Koʻp madaniyatli dunyoda pedagogik taʼlim: tarix va hozirgi zamon:
5. Ko‘p madaniyatli ta’lim: muammo va istiqbollar
6. Turli mamlakatlarda pedagogik ta’limning tarixiy an’analari
7. Bo‘lajak pedagoglarda bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqotni shakllantirish
8. Ko‘p madaniyatli ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

2025-yil 5-iyun

Oʻqituvchi-tarbiyachi: vazifa va muammolar:
9. Zamonaviy jamiyatda o‘qituvchining tarbiyaviy roli
10. Psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash va o‘qituvchilarning kasbiy zo‘riqish
11. Pedagogik kasbda etik va axloqiy me’yorlar
12. Ta’lim muassasalarida tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar.

Forumning asosiy maqsadlari

✔ Pedagogik ta’lim sohasidagi dolzarb va istiqbolli xalqaro ilmiy loyihalarni muhokama qilish, ishchi seminarlar doirasida ishtirokchilarning harakatlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish rejalarini belgilash


✔ O‘qituvchilarni tayyorlash, pedagogik amaliyot natijalarini taqdim etish, tajriba va fikr almashish orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish.

3-iyun

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi, 140100, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15.

4-iyun

Samarqand davlat chet tillar instituti, O‘zbekiston Respublikasi, 140100, Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43.

5-iyun

Shahrisabz davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston Respublikasi, 180100, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 10

Loyiha boshlanguncha

{dnnn}

Kun qoldi